15 iyun kuni Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazida Koreya er va geofazoviy ma'lumotlar korporatsiyasi (LX), Koreya kadastr jamiyati va MetaGIS Consulting kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Mazkur delegatsiya “O'zbekistonda milliy geoaxborot tizimi uchun fazoviy ma'lumotlarni standartlashtirish va ulardan foydalanish” grant loyihasi doirasida O'zbekistonga tashrif buyurgan. Suhbat davomida mehmonlar “Raqamli O'zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan elektron hukumat loyihalari bilan tanishtirildi. Davlat organlarida axborot tizimlarini ishlab chiqish tartibi bo'yicha batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, uchrashuvda koreyalik mehmonlarga elektron hukumat sohasida tegishli qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida ma'lumot berildi.